«raketa zarbasi» tegli maqolalar


WSJ: Ukraina ilk bor ATACMS raketalaridan Rossiya pozitsiyalariga zarba berdi
17 oktabr 2023, 20:51

WSJ: Ukraina ilk bor ATACMS raketalaridan Rossiya pozitsiyalariga zarba berdi

Ukraina harbiylari ilk bor AQSh tomonidan taqdim etilgan ATACMS raketalarini Rossiya qo‘shinlari pozitsiyalariga qarshi qo‘lladi, deb yozmoqda Wall Street Journal. Raketalarning kichik partiyasi yaqinda yashirincha Ukrainaga yetkazilgan edi.

Ukrainaning Xarkov viloyatidagi qishloq o‘qqa tutilishi oqibatida qariyb 50 kishi halok bo‘ldi
5 oktabr 2023, 21:22

Ukrainaning Xarkov viloyatidagi qishloq o‘qqa tutilishi oqibatida qariyb 50 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Xarkov viloyati Kupyanskiy tumanidagi do‘kon va kafega raketa zarbasi berilishi natijasida 50 ga yaqin odam, jumladan, bir bola halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlangan.

Rossiya Odessaga raketa hujumi uyushtirdi, Preobrajenskiy kafedral sobori vayron qilindi
23 iyul 2023, 18:44

Rossiya Odessaga raketa hujumi uyushtirdi, Preobrajenskiy kafedral sobori vayron qilindi

Rossiyaning navbatdagi raketa hujumi natijasida Ukrainaning Odessa shahrida bir kishi halok bo‘ldi, 19 kishi yaralandi. Zarba shaharning tarixiy markazidagi kamida 25 ta obidaga zarar yetkazgan. Odessadagi eng katta pravoslav cherkovi — Preobrajenskiy kafedral sobori vayron qilindi.

Nikolayev viloyatiga uyushtirilgan raketa zarbasi oqibatida 19 kishi jarohatlandi
20 iyul 2023, 12:16

Nikolayev viloyatiga uyushtirilgan raketa zarbasi oqibatida 19 kishi jarohatlandi

Rossiya tomonidan Ukrainaning Nikolayev viloyati o‘qqa tutildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 19 kishi jarohat olgan, qurbonlar ham borligi aytilmoqda. Raketa zarbasi 3 qavatli binoning bir necha qavatini vayron qilgan va 450 kvadrat metr maydonda yong‘in kelib chiqqan.

Xarkov viloyatiga uyushtirilgan raketa zarbasidan 30 dan ortiq kishi, jumladan, 10 bola jarohatlandi
4 iyul 2023, 22:14

Xarkov viloyatiga uyushtirilgan raketa zarbasidan 30 dan ortiq kishi, jumladan, 10 bola jarohatlandi

Rossiya tomonidan Ukrainaning Xarkov viloyati o‘qqa tutishi oqibatida kamida 30 kishi jarohat oldi. Qurbonlar orasida 10 nafar bola, jumladan, ikki go‘dak ham bor.

Ukrainaning Dnepr shahrida kasalxona binosiga raketa kelib tushdi
26 may 2023, 18:19

Ukrainaning Dnepr shahrida kasalxona binosiga raketa kelib tushdi

Ukrainaning Dnepr shahridagi tibbiyot muassasasiga Rossiya raketasi kelib tushishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.

Ukrainaning Uman shahrida turar-joy binosiga Rossiya raketasi kelib tushdi, 16 kishi halok bo‘ldi
28 aprel 2023, 19:05

Ukrainaning Uman shahrida turar-joy binosiga Rossiya raketasi kelib tushdi, 16 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Uman shahrida Rossiya raketasi turar-joy binosiga kelib urilgan. Oqibatda 16 kishi halok bo‘ldi, ulardan 3 nafari bola, 18 kishi esa jarohatlangan.

Ukraina hududiga tungi hujumlar vaqtida 81 ta raketa uchirildi
9 mart 2023, 19:51

Ukraina hududiga tungi hujumlar vaqtida 81 ta raketa uchirildi

Payshanbaga o‘tar kechasi Rossiya Ukraina hududiga 81 ta raketa bilan hujum qildi. Lvov viloyatida snaryad turar-joy binolariga tushib, besh kishi, Dnepropetrovsk viloyatida bir kishi halok bo‘ldi. Rossiya Mudofaa vazirligi bu «Bryansk viloyatidagi terrorchilik harakatlari uchun katta javob zarbasi» ekanini aytdi.

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni Ukrainani tark etishga chaqirdi
11 oktabr 2022, 13:24

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni Ukrainani tark etishga chaqirdi

Ukraina shaharlariga raketa hujumlari kuchaygani ortidan O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi vatandoshlarni Ukrainani tark etishga va bu mamlakatga safar qilishdan tiyilishga chaqirdi.

Ukrainada temir yo‘l vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi
25 avgust 2022, 19:27 1

Ukrainada temir yo‘l vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatida poyezd va Chaplino vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 25 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘ldi. Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, «Iskander» raketasi 200 dan ortiq harbiy xizmatchi bo‘lgan harbiy eshelonni yo‘q qilgan.

Ukrainaning Kramatorsk shahridagi temir yo‘l vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumida 30 kishi halok bo‘ldi
8 aprel 2022, 14:45

Ukrainaning Kramatorsk shahridagi temir yo‘l vokzaliga uyushtirilgan raketa hujumida 30 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Kramatorsk temir yo‘l vokzaliga tinch aholi vakillari evakuatsiya qilinishini kutayotgan vaqtda raketa hujumi uyushtirildi. 30 kishi halok bo‘ldi, 100 ga yaqin odam yaralandi. DXR zarbani Ukraina xavfsizlik kuchlari amalga oshirganini aytmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting